Honeypot WAF’ga xush kelibsiz

Honeypot WAF - bu sun’iy intellekt va decepsion texnologiyalariga asoslangan, real vaqt rejimida hujumlarni aniqlovchi va neytrallashtiruvchi veb-ilovalar himoya platformasi (Web Application Firewall, WAF) hisoblanadi. Ushbu platforma zamonaviy kiberxavflarga qarshi ilg‘or tahlil, avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish va chalg‘ituvchi (honeypot-based) himoya qatlamlarini birlashtiradi.


docs.honeypot.uz sayti haqida

Ushbu portal - Honeypot WAF foydalanuvchilari va administratorlari uchun maxsus ishlab chiqilgan texnik hujjatlar bazasidir. Bu yerda siz quyidagi savollarga aniq va amaliy javob topasiz:

  • Honeypot WAF ni qanday ishga tushirish kerak?

  • Domenimni qanday qilib tizim orqasiga joylashtiraman?

  • xavfsizlik qoidalari qanday ishlaydi va qanday o‘zgartiriladi?

  • Qanday qilib real vaqt trafikni monitoring qilish mumkin?

  • Barcha insidentlar, statistikalar va tahliliy hisobotlar qayerdan olinadi?

Bu hujjatlar foydalanuvchilar tajribasiga asoslangan.


Missiya

“Hujumlarni siz sezmasdan oldin to‘xtatamiz.”

Maqsadimiz - tashkilotlarga uzluksiz, xavfsiz va tezkor onlayn muhit yaratish. Platforma tahdidlarni erta aniqlash, ularga avtomatik javob qaytarish va insidentlarni boshqarishni soddalashtirishga yo‘naltirilgan.


© 2025 Honeypot Security MChJ.

Last updated