Boshqaruv paneli (Dashboard)

Boshqaruv paneli (Dashboard) - Honeypot WAF tizimidagi barcha faol domenlar va resurslar bo‘yicha umumiy holatni real vaqt rejimida ko‘rsatuvchi markaziy kuzatuv interfeysidir.

1. Umumiy tuzilma

Dashboard to‘rtta asosiy blokdan iborat:

Bo‘lim
Tavsif

Statistik ko‘rsatkichlar

So‘rovlar soni, bloklangan hujumlar, o‘rtacha javob vaqti

Hujum geografiyasi

Hujum manbalari mamlakatlar bo‘yicha xaritada

Hujum turlari

Hujumlar tasnifi bo‘yicha grafik ko‘rinish (DIRB, SCAN, Suspicious, Flood va boshqalar)

Xavfsizlik hodisalari

Oxirgi aniqlangan hujumlar ro‘yxati (kritik va o‘rtacha darajadagilar)

2. Ko‘rsatkichlar paneli

Asosiy ko‘rsatkichlar yuqori qismda joylashgan:

Ko‘rsatkich
Tavsif

Jami so‘rovlar

Oxirgi davrda (1h, 6h, 24h va h.k.) qayd etilgan umumiy HTTP(S) so‘rovlar soni

Bloklangan hujumlar

WAF qoidalari orqali to‘xtatilgan hujumlar soni

Qoidalar soni

Faol xavfsizlik siyosatlari (WAF Ruleset) soni

O‘rtacha javob vaqti

Edge-serverlarning o‘rtacha ishlov berish vaqti (millisekundlarda)

Ma’lumotlar so‘nggi 24 soat uchun standart tarzda ko‘rsatiladi, ammo foydalanuvchi vaqt oralig‘ini o‘zgartirishi mumkin.

3. Sana oralig‘i filtri

Dashboardda filtr butun tizim uchun umumiy hisoblanadi. Ya’ni, foydalanuvchi tanlagan vaqt oralig‘i — barcha domenlar, servislar va metrikalar uchun bir xil qo‘llanadi.

Tanlash usullari:

  • Tezkor variantlar: 1h / 6h / 24h / 7d / 30d

  • Maxsus interval: boshlanish va tugash sanasini kalendar orqali tanlash

Dashboarda barcha domenlar umumiy kontekstda tahlil qilinadi.

4. Xavfsizlik hodisalari (Incidents)

Xavfsizlik hodisalari bo‘limi tizim tomonidan aniqlangan hujum turlarini ro‘yxat 3ta shaklida ko‘rsatadi. Har bir hodisa - domen, vaqt, hujum turi va xavf darajasi bilan belgilanadi.

Parametr
Tavsif

Turi

Hujum turi (SCAN_HTTPX, DIRB_FLOOD, GENERIC_SCAN va boshqalar)

Domen

Hujum aniqlangan domen

Vaqt

Hodisa qayd etilgan vaqt (UTC yoki lokal vaqt zonasi)

Daraja

Kritik, O‘rtacha yoki Past — xavf darajasi

Foydalanuvchi hodisani bosganda tafsilotlar ochiladi: IP manzili, so‘rov turi, hujum manbasi va qo‘llangan qoidalar.

5. Hujum geografiyasi

Bu blokda hujum manbalari mamlakatlar kesimida xarita ko‘rinishida aks etadi. Har bir mamlakat bo‘yicha aniqlangan hujumlar soni ko‘rsatiladi.

Interfeys imkoniyatlari:

  • Live Mode — xarita real vaqt rejimida yangilanadi.

  • O‘ng tarafdagi reyting jadvali: eng faol hujumchi mamlakatlar (Country Ranking).

  • Rang intensivligi hujum soniga mutanosib: qizil — yuqori faollik, kulrang — past faollik.

6. Hujum turlari diagrammasi

Hujumlar turiga ko‘ra tasniflanadi va dumaloq diagramma orqali ko‘rsatiladi. Diagrammadagi segmentlar WAF tizimi aniqlagan real vaqtli statistikani aks ettiradi:

Rang
Tur
Tavsif

Ko‘k

DIRB

Directory brute-force urinishlari

To‘q binafsha

SCAN

HTTP/S ni skanerlash yoki avtomatlashtirilgan botlar

Moviy-kulrang

SUSPICIOUS

Shubhali yoki nomaqbul HTTP so‘rovlar

Pushti

FLOOD

Kengaytirilgan L7 (HTTP) flood yoki storm

Diagramma WAF loglariga asoslangan bo‘lib, ma’lumotlar 30 soniya oralig‘ida yangilanadi.

7. Eng faol hujumchi IP manzillar

O‘ng panelda so‘nggi vaqt oralig‘ida eng ko‘p hujum yuborgan IP manzillar ko‘rsatiladi.

Parametr
Tavsif

IP manzil

Hujumchi manbasi (IPv4/IPv6)

Urinishlar soni

Shu IP orqali qayd etilgan hujumlar soni

Ikonka

IP manzilni nusxalash yoki tashqi “whois” tekshiruvi uchun havola

IP’lar avtomatik suspicious pool ichiga kiritiladi va keyinchalik WAF siyosatlari orqali boshqariladi.

8. Sinov davri haqida ogohlantirish

Agar hisob sinov rejimida (Trial) bo‘lsa, sahifaning yuqori qismida sinov muddati tugash sanasi ko‘rsatiladi:

Trial muddati tugagach, tizim avtomatik tarzda kirishni cheklaydi va to‘lov rejimiga o‘tishni so‘raydi.

9. Foydalanish ma’lumotlari

  • Dashboard yangilanish chastotasi: har 10-30 soniyada avtomatik (real-time)

  • Tarixiy ma’lumotlar saqlanishi: 30-90 kun (default)

  • Ko‘rsatkichlar aniqligi: real WAF loglar asosida, kechikish 1–3 soniya

  • Metrika manbasi: har bir edge node’dan markaziy analitika tizimiga yuborilgan statistik ma’lumotlar

10. Eslatma

  • Dashboard barcha domenlar va resurslar uchun umumiy tahlil panelidir.

  • Barcha vaqt oralig‘i, grafiklar va metrikalar yagona global kontekstda ishlaydi.


Last updated