Real vaqt monitoringi

Honeypot WAF tizimidagi real vaqt (live) trafik, hujumlar va HTTP oqimlarini kuzatish imkonini beradi. Dashboard’dagi farqli ravishda, bu modul aniq domen bo‘yicha tahlilni amalga oshiradi.

1. Domen tanlash

Real vaqt monitoringi sahifasi faqat bitta domen kesimida ishlaydi.

  • Yuqori paneldagi “Domenni tanlang” maydonidan kuzatilayotgan domen tanlanadi.

  • Har bir tanlov uchun grafiklar, statistikalar va log oqimlari yangilanadi.

  • Foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida faqat bitta domenni tahlil qilishi mumkin.

Misol: honeypot.uz tanlanganda, barcha metrikalar aynan shu domen bo‘yicha jonli tarzda aks etadi.

2. Asosiy ko‘rsatkichlar

Ko‘rsatkich
Tavsif

Jami so‘rovlar

Tanlangan vaqt oralig‘ida qayd etilgan HTTP(S) so‘rovlar soni

Bloklangan hujumlar

WAF siyosatlari orqali to‘xtatilgan so‘rovlar soni

Trafik hajmi

Domen bo‘yicha umumiy kiruvchi va chiquvchi trafik hajmi (MB/GB)

Bloklash nisbati

Bloklangan so‘rovlar ulushi (%)

Bu ma’lumotlar real vaqt rejimida yangilanadi (intervallar: 10–30 soniya).

3. So‘rovlar monitoringi (Requests Graph)

Grafik — vaqt oralig‘ida so‘rovlarning sonini ko‘rsatadi.

  • Ko‘k chiziq — umumiy so‘rovlar oqimi

  • Qizil chiziq — WAF tomonidan bloklangan so‘rovlar

  • Har bir nuqta — 10 soniyalik intervaldagi o‘rtacha qiymat

  • Graf ustida “So‘rovlar” va “Bloklangan so‘rovlar” legendasi ko‘rsatiladi

Foydalanish

  • Hover (kursor) bilan har bir nuqtadagi aniq raqamlarni ko‘rish mumkin.

  • Graf ustidagi “↗️” belgisi grafani to‘liq ekranda ochadi.

  • Sana oralig‘i 1h, 6h, 24h, 7d, 30d diapazonlar bilan boshqariladi.

4. Trafik hajmi (Bandwidth Graph)

Bu graf har bir vaqt oralig‘ida trafik oqimini MB yoki KB ko‘rinishida ko‘rsatadi.

  • Y vertikali - trafik hajmi (MB)

  • X vertikali - vaqt (soat/minut)

  • Yashil chiziq — faol trafik oqimi

  • Graf avtomatik ravishda 10-30 soniyada yangilanadi

Bu graf WAF’ning edge tarmog‘idan o‘tgan aniq hisoblangan ma’lumot oqimini ko‘rsatadi.

5. HTTP kodlar taqsimoti

Quyidagi diagramma (dumaloq grafik) tanlangan domen bo‘yicha HTTP javob kodlari statistikasini ko‘rsatadi.

Toifa
Tavsif

2xx (Success)

Muvaffaqiyatli javoblar

3xx (Redirect)

Yo‘naltirishlar

4xx (Client Error)

Mijoz tomoni xatoliklari

5xx (Server Error)

Server xatoliklari

Bu metrikalar WAF loglaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinadi va so‘nggi 24 soat ichida qayd etilgan natijalarga asoslanadi.

6. Davlatlar reytingi

Grafikda hujum yoki so‘rov manbalari mamlakatlar kesimida ko‘rsatiladi.

  • Ko‘k progress bar - umumiy so‘rovlar soni

  • Reyting avtomatik ravishda yuqoridan pastga saralanadi

  • Har bir elementda mamlakat kodi (UZ, US, JP, CN va h.k.) va soni aks etadi

  • Top 5 mamlakat doimo ko‘rsatiladi, qolganlari “Batafsil” bo‘limida mavjud

7. Aktiv sessiyalar (Session Tracker)

Bu modul foydalanuvchining o‘z tizimida session-based kuzatuvni yoqish imkonini beradi.

Funksiya:

  • Masalan, PHPSESSID yoki session_id cookie nomi orqali individual foydalanuvchi faoliyatini kuzatish.

  • “Sessiya qo‘shish” maydoniga cookie nomi kiritiladi va Qo‘shish tugmasi bosiladi.

  • Keyinchalik shu sessiyaga tegishli HTTP oqimlar alohida grafikda aks etadi.

Holatlar:

Holat
Tavsif

⚠️ Kuzatuv yoqilmagan

Sessiya kuzatuvi hali boshlanmagan

Faol

Sessiya kuzatuvi yoqilgan, real vaqt oqimi paydo bo‘ladi

Bekor qilingan

Foydalanuvchi sessiyani o‘chirdi yoki muddati tugadi

Integratsiya tayyor bo‘lgach, grafik real foydalanuvchi faoliyatini jonli tarzda aks ettiradi.

8. Vaqt oralig‘i boshqaruvi

Yuqori o‘ng burchakdagi “ 24 soat” tugmasi orqali tanlanadi.

Tanlov variantlari:

  • 1 soat - tezkor diagnostika uchun

  • 6 soat - qisqa muddatli trafik tahlili

  • 24 soat - standart ko‘rinish

  • 7 kun - haftalik ko‘rsatkichlar

  • 30 kun - umumiy tahlil

Foydalanuvchi Boshlanish sanasi va Tugash sanasini qo‘lda ham tanlashi mumkin.

9. Foydalanuvchi interfeysi xususiyatlari

  • Real vaqtli grafiklar WebSocket yoki SSE (Server-Sent Events) orqali yangilanadi.

  • Grafiklar har bir domen uchun izolyatsiyalangan (bir domen, bitta oqim).

  • Barcha bloklangan so‘rovlar WAF hodisalar moduliga avtomatik ulanadi.

  • Ma’lumotlar 1-5 soniyalik oraliqda keshlanadi, shuning uchun yuklama past, lekin tahlil aniqligi yuqori.

  • UI ranglari real statuslarga asoslangan (Success, Blocked, Warning).

Last updated